Hibsga olingan sobiq hokim tergov paytida yurak xurujiga uchragani aytilmoqda
MXX yerto‘lasidagi so‘roq va yuzlashtiruv chog‘ida Toshkent viloyatining sobiq hokimi 59 yashar Ahmad Usmonov yurak xurujiga uchrab kasalxonaga yotqizilgani to‘g‘risidagi xabarlar kelmoqda. Ozodlik manbasi lavozimini suiiste’mol qilganlikda gumonlanayotgan Usmonov kasalxonada muolaja olayotgtanligini iddao qilishmoqda.