Soliqchilar reydi ortidan Buxoro va Xorazm to‘ylari raqqosasiz qoldi
Davlat Soliq qo‘mitasi lizentsiyasiz faoliyat yurg‘izayotgan san’atkorlarni ta’qib qilishni kuchaytirgani ortidan¸ Buxoro¸ Samarqand va Xorazm to‘ylaridan raqqosalar yo‘qoldi. Aytilishicha¸ yillardan beri litsenziyasiz to‘y o‘tkazib kelgan raqqosalarni ta’qibga olish ham g‘aznaga jarima pullari tushirish¸ ham soliqchilar cho‘ntagini qappaytirishga xizmat qilmoqda.