Jahon chempionati uchun stadion qurayotgan 250 o‘zbek ish tashladi
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatiga mo‘ljallangan stadion qurilishida qatnashayotgan 250 o‘zbekistonlik ish tashladi. Quruvchilarning Ozodlikka aytishicha¸ ishchilarning ikki oylik mehnat haqi berilmagani norozilik tadbiriga sabab bo‘lgan.