8 mart arafasida Toshkentda taksist passajir ayolni tishlab oldi
Ozodlikning Toshkent shahar huquq-tartibot idoralaridagi manbasi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘lgan voqea yuzasidan rasmiy ariza kelib tushganini tasdiqladi. Manba voqea to‘g‘risida axborot vositalarida paydo bo‘lgan xabarlardagi ba’zi detallarga aniqlik kiritar ekan, passajir ayolni zo‘rlashga uringan haydovchi qidirilayotganini bildirdi.