Naqd pul taqchilligi bois omonatchilar o‘z pullarini ololmayapti
O‘zbekiston tijorat banklari fuqarolarning naqd pulda qo‘ygan omonatini naqdsiz ko‘rinishda qaytarishni taklif etmoqda. Mamlakat iqtisodida yuzaga kelgan naqd pul taqchilligi endi banklarning omonatchilar puliga hiyonat qilishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, tijorat banklari omonatni vaqtida qaytarishi shart.