Qirg‘iziston MXXda chiqqan yong‘in mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda
4-mart kuni kechasi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Bishkekdagi Bosh idorasida chiqqan yong‘in turli mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Milliy xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in elektr simidan chiqqan va idoraning olti xodimi tan jarohati olgan. Ayni paytda mutaxassislar yong‘in be’etiborlikdan kelib chiqqanini aytsa, idora yaqinida istiqomat qiluvchi aholi imoratdan portlash ovozi eshitilganini aytmoqda.