Pokistonda temiryo‘l vokzalidagi terakt oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi
Pokistonda Balujiston provinsiyasidagi temiryo‘l vokzalida bomba portladi. Kamida 25 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan. Hodisa uchun javobgarlikni qo‘zg‘olonchi guruh — Balujiston ozodlik armiyasi o‘z zimmasiga oldi.