Minskda "tekinxo‘rlik solig‘i"ga qarshi chiqqan yuzlab namoyishchi hibsga olindi (video)
Minsk politsiyasi prezident Lukashenko hokimiyatiga qarshi chiqqan yuzlab namoyishchini ayovsiz kaltakladi va hibsga oldi. Namoyish tashkilotchilari kamida 700 odam hibsga olingani aytmoqda. Muxolifat hukumatning bu zo‘ravonligiga qarshi namoyishlarni davom ettirishga chaqirmoqda.