"Farg‘onaazot"dagi kuchli portlashda 6 kishi nobud bo‘ldi
Farg‘ona shahridagi "Farg‘onaazot" zavodida 23 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 16.30lar atrofida ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida olti kishi nobud bo‘ldi. Bir kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Marg‘ilon shahridagi juma namozida ishtirok etgan farg‘onaliklardan birining aytishicha, masjid imomi zavoddagi portlashda 8 kishi o‘lganini e’lon qilgan va ular haqiga duo qilingan. Lekin bu hozircha rasman tasdig‘ini topgani yo‘q.