Mirziyoev tasdiqlagan "5 yillik plan"da so‘m konvertatsiyasi masalasi ham bor
Prezident Shavkat Mirziyoev 7 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan ikkita hujjatni tasdiqladi. Bu ikki hujjatdan birinchisi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ”dir.