ru24.pro
Новости по-русски
Февраль
2017

9 yilga qamalib, 5 yilga "raskrutka" qilingan huquq himoyachisi amnistiyaga tushmadi

0
Shu yilning 3 fevral kuni 11 yildan beri Jasliq qamoqxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati faoli A’zam Farmonov o‘zining galdagi amnistiyadan mahrum qilinganini bildirdi. Bu haqda xabar qilgan huquq faolining rafiqasi Ozoda Yoqubovaga ko‘ra, 3 fevral kuni kechki payt qamoqxonadan qo‘ng‘iroq qilgan A’zam Farmonov tegishli komissiya tarafidan o‘zining muddati qisqartirilishi yoki ozod qilinishi masalasi rad etilganini aytgan.