Yo‘lovchi kaltaklagan muhojir taksichi: "Hamkasblar, - ehtiyot bo‘ling!"
Moskvada, mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha marta sudlangan shaxsning hujumiga uchragan taksichi-muhojir o‘z hamkasblarini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Kuni kecha yo‘lovchi hujumiga uchragan Abdulhakim kasalxonaga yotqizilgach, jag‘idan, yelkasidan, qo‘lidan va bo‘ynidan pichoqlangani aniqlandi. 26 yashar Abdulhakim Davidov 7 yildan buyon Rossiya poytaxtida taksichilik qilib keladi.