Jurnalistning maqolasidan so‘ng Samarqandda elektr cheklovi to‘xtadi
Samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullaevning elektr uzilishlari haqidagi tanqidiy maqolasidan so‘ng shahar ta’minotidagi cheklovlar bekor qilindi. Jurnalistning Ozodlikka aytishicha, hokimiyatda o‘tgan yig‘ilishda uning nomi alohida tilga olingan va ta’minot tiklangach, shahar Elektr idorasi rahbari unga qo‘ng‘iroq qilib, bu haqda xabar bergan.