Sergelida 50 yil oldin qurilgan "vremyanka"larni buzish qishda ham to‘xtagani yo‘q
Toshkentning Sergeli tumani "Yo‘ldosh" mavzesida joylashgan bundan 50 yil muqaddam qurilgan yog‘och uylar - "vremyanka"larni buzish ishlari jadallashmoqda. Ozodlik mobil muxbirining ma’lum qilishicha, rasman o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlangan buzish ishlari qish chillasida ham davom etmoqda.