ru24.pro
Новости по-русски
Декабрь
2016

OzodNazar: Biz kirill yozuvi muzeyiga aylanib qoldik

0
Toshkentlik publitsist Almardon Annaev Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistondagi yoshlarning aksariyati lotin yozuvida taxsil olgani uchun mamlakatda bosilayotgan gazetalarni o‘qiy olmayotganidan tashvish izhor qildi.Suhbatdosh 27 dekabr kuni taniqli shoir marhum Erkin Vohidov uyiga qo‘yilgan yodgorlik lavhasi ham kirilda yozilganini aytib¸ O‘zbekistonda lotin yozuvini nazar-pisand qilmaslik avjiga chiqqanligiga e’tiroz bildirdi.Suhbatdosh¸ milliy valyutaga bepisand fuqarolar tanqid qilingan gazeta va Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston xalqini yangi yil bilan "shaxsan tabriklash"rejasiga munosabatini ifodaladi.