Mirziyoev o‘ziga yangi tansoqchilar boshlig‘i tayinladi
O‘zbekistonning sobiq prezidenti xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Muidjon Tohiriy Davlat Bojxona qo‘mitasining raisi etib tayinlangani ortidan bo‘shab qolgan o‘ringa yangi rahbar tayinlagani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda bu haqda rasman ma’lum qilinmadi. Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ joriy yilning 20 dekabrida Prezident xavfsizlik xizmatiga (PXX) sobiq rahbar Tohiriyning o‘rinbosari tayinlangan.
