O‘zbekistonda mashina o‘g‘irlagan odam 20 yilgacha qamalishi mumkin
O‘zbekistonda transport vositalarini o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutilgan qonun 2016 yil, 27 dekabrda kuchga kirdi. Yangi qonunga binoan, endilikda, O‘zbekistonda mashina o‘g‘irlagan shaxs, jinoyati bilan bog‘liq tafsilotlardan kelib chiqib, 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.