AQSh razvedkasi xulosasi: Rus xakerlarining maqsadi Trampni saylash bo‘lgan
AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) Rossiya Donald Tramp g‘alaba qilishi uchun o‘tgan oygi saylovga aralashgan, deya xulosa qilgan. Bu haqda 9 dekabrda The Washington Post gazetasi xabar qildi. The Washington Post maqolasi prezident Barak Obama saylov paytida yuz bergan kiber hujumni chuqur o‘rganishga buyruq berishi ortidan chiqdi.