Mirziyoevga takliflar: Turizm islohotini aviachipta, "Afrosiyob", svet va hojatxonadan boshlasangiz!
Sayyohlik shirkatlaridan birining rahbari Mirziyoevga takliflar bilan yuzlanarkan, turizm sohasi vizani bekor qilishdan oldin zarur bo‘lgan chuqur islohotlarga muhtojligini ta’kidladi. 15 yildan buyon Samarqandga sayyoh olib borayotgan turoperatorning aytishicha, hozir hatto, restoran hojatxonalarini tozalatib, chirog‘i o‘chgan mehmonxonalar uchun jarima ham to‘lamoqda.