O‘zbek olimi chorak asrdan buyon o‘z biologik farzandini qidirmoqda
O‘zbekistonlik fizika-matematika fanlari doktori Sobir To‘laganov chorak asrdan buyon o‘z biologik farzandini qidirmoqda. 73 yashar Sobir To‘laganov yaqinda amaliy yordam so‘rab bosh vazir qabulxonasiga ham murojaat qilgan. Biroq, hozirga qadar o‘zbek olimining o‘z farzandini topish urinishlari hech qanday natija bergani yo‘q.