ru24.pro
Новости по-русски
Ноябрь
2016

AQShdagi “O‘zbekistonliklar kongressi” Vashingtonda o‘zbek maktabi ochmoqchi

0
AQShda “O‘zbekistonliklar kongressi” nodavlat tashkiloti rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi. Tashkilot muassislaridan biri, jurnalist Jahongir Mamatovning Feysbukdagi o‘z sahifasida xabar qilishicha, mazkur uyushma “asosan O‘zbekiston bilan adabiy, madaniy, ma’rifiy aloqalar o‘rnatish, ijtimoiy-siyosiy muammolarni echishda ekspertlarning tahliliy hisobotlarini tayyorlash, chop etish va boshqa sohalarda ham faoliyat ko‘rsatadi”.