Toshkent - Dushanbe aviaqatnovi kelasi oydan qayta tiklanadi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2017 yilning yanvar oyidan qayta tiklanishi mumkin. Bu boradagi kelishuvni 30 noyabr kuni O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalari Dushanbe shahrida imzolashdi. Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjalzoda Ozodlik bilan suhbatda Toshkent-Dushanbe va Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni “Somon Eyr” hamda "O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkatlari haftada ikki marta amalga oshirishini aytdi.