Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni rivojlantirishga oid shartnomani imzoladi
Rossiya va O‘zbekiston mudofa vazirlari Sergey Shoygu va Qobul Berdiev Moskvada o‘zaro harbiy va harbiy-texnik hamkorliklarni rivojlantirishga oid shartnomani imzoladi. Ushbu hujjatga binoan O‘zbekiston o‘z Qurolli kuchlarini 2020 yilgacha Rossiya qurol va harbiy texnikasi bilan qayta ta’minlanaydi. Uchrashuvda Rossiya mudofa vaziri O‘zbekistonni, Moskva faol bo‘lgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bilan hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.