Paxta tufayli vrach qarovisiz qolgan kelinning birinchi farzandi tug‘iliboq o‘ldi
28 sentabr saharda kuchli to‘lg‘oq bilan "Tez yordam"da Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani tug‘ruqxonasiga olib kelingan 21 yashar ayolga qariyb bir sutka hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmadi. Bosh vrachdan tortib aksar shifokor va hamshira-doyalar cho‘lda paxta terayotgani oqibatida zaruriy yordamsiz qolgan yosh onaning chaqalog‘i og‘ir ahvolda tug‘ildi va 29 sentabr kuni olamdan o‘tdi.