Moskvada huquq faolini O‘zbekistonga o‘g‘irlab ketishga urinish bo‘ldi
Rossiya poytaxti Moskvada buxorolik 27 yoshli muhojir Rahmiddin Kamolovni o‘g‘irlashga urinish bo‘lgani aytilmoqda. O‘zbekistonlik qochqinning himoyachilari iddaosicha, O‘zbekiston maxfiy xizmat xodimlari xalqaro qidiruvga ekani aniqlangan Kamolovni Rossiyadan aeroport orqali noqonuniy olib chiqishga uringan.
