Toshkentga boradigan moshinalar viloyatlardan chiqarilmayapti
O‘zbekiston viloyatlaridan Toshkentga yo‘l olgan avtomobillar yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan postlarda to‘xtatilib, ortga qaytarilyapti. Ozodlik suhbatlashgan yo‘l harakati xavfsizligi mulozimlariga ko‘ra, har yili mustaqillik bayrami oldidan o‘tkaziladigan bu tadbir, so‘nggi ikki kunda ancha kuchaytirilgan. O‘zbekistonda umumxalq bayramlaridan oldin avtomobillar va viloyatlarda yashaydigan vatandoshlarning Toshkent shahriga kirishiga cheklanish har yili kuzatiladi. Ammo, Ozodlik manbalariga ko‘ra, so‘nggi ikki kunda, ayniqsa, bu tadbir judayam kuchaytirilgan.