Merkel: Ashxobod xorijiy diplomatlarning turkman qamoqxonalariga kirishini muhokama qilishga rozi bo‘ldi
Turkmaniston chet ellik diplomatlarga o‘z qamoqxonalari eshigini ochish imkoniyatini muhokama qilishga rozi bo‘lgan. Bu haqda Germaniya kantsleri Angela Merkel Turkmaniston prezidenti G‘urbang‘uli Berdimuhammedov bilan birga Berlinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.