Ichki ishlar vazirligi Ungartepa O‘zbekiston hududi ekanini ma’lum qildi
Toshkentdagi nashrlarning Ichki ishlar vazirligiga iqtibosan xabar berishicha, O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan bahsli ekani aytilib kelinayotgan Ungartepani o‘z hududi deb atadi. Xabarlarda mazkur hudud Namangan viloyati Chortoq tumani tasarrufida ekani aytiladi. Qirg‘izistonning radiorele stansiyalari o‘rnatilgan mazkur hududga 22 avgust kuni tashlangan o‘zbek militsiyasi desanti bu yerda 4 qirg‘izistonlikni qo‘lga olgan edi.