Jizzaxda bog‘cha o‘tkazgan tadbirda uch yoshli bola suvga cho‘kib o‘ldi
O‘zbekistonning Jizzax viloyati Do‘stlik tuman prokuraturasi uch yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisining suvga cho‘kib o‘lgani yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Hodisa shu oy o‘rtalarida Do‘stlik tumanining Manas qishlog‘ida kuchli oqimli lotok ariqda o‘tkazilgan “Neptun” tadbiri paytida ro‘y bergan.