Qurbon hayiti qaysi kuni bo‘lishi 2 sentyabrda aniqlanadi
O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi muovini, shayx Abdulaziz Mansurning Ozodlikka aytishicha, bu yilgi Qurbon hayiti 12 sentyabrda bo‘lishi taxmin qilinmoqda - bu haqdagi qaror hali qabul qilingani yo‘q. Musulmonlar idorasi rahbariyati vakilining aytishicha, Qurbon hayiti o‘tadigan kunni Saudiya Arabistoni, oyning yangilanishiga qarab, 10 kun oldin e’lon qiladi.
