“O‘zbekiston iftixori” Ruslan Nuriddinov Riodan oltin medal bilan qaytadigan bo‘ldi
Dushanba oqshomida 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar musobaqasida o‘zbekistonlik shtangachi Ruslan Nuriddinov barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ruslan siltab ko‘tarishda Olimpiada rekordini yangilashni ham uddaladi. Bu borada avvalgi rekord (236 kg) Pekin Olimpiadasida belaruslik Andrey Aramnau tomonidan o‘rnatilgandi.