ru24.pro
Новости по-русски
Август
2016

O‘zbekistonlik Van Gog: Qishda ham quyosh suratini chizaman

0

O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bilan qiyoslaganda eng ko‘p professional rassomlar yetishgan bir mamlakat sifatida ko‘riladi.

Hunarmand va naqqoshlardan tashqari mamnlakatda G‘arb tasviriy san’at uslubida ijod qilayotgan mingdan ziyod haykaltarosh va rassomlar bor. Ularning asarlarini Moskva va Parij muzeylarida ko‘rish mumkin. 2013 yilda Londondagi Nyu-Bond Strit galereyasida taniqli Sotheby’s shirkati kim-oshdi savdosiga ilk bora o‘zbek rassomlari asarlarini qo‘ydi. Tarixan erkaklargagina hos san’at deya atalgan rassomlik sohasida Aziza Mamatova¸ Shahnoza Abdullaeva¸ Doima Vardanyan kabi ayol rassomlar ham o‘z asarlarini xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilib sovrin olishmoqda. Bugungi suhbatdoshimiz O‘zbekistondagi poetik rangtasvir degan janrning navqiron vakilasi Dilorom Mamedova o‘zini qahraton qishda ham issiq quyoshni tasvirlaydigan rassom ekanligini aytadi.