"Hakam o‘g‘limning qo‘lini ko‘targanda xalq meni osmonga otib yubordi"
“Hakam o‘g‘limning qo‘lini ko‘targanda xalq meni osmonga otib yubordi”. Boks bo‘yicha Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘stmatovning otasi Ma’rufjon Hayitboev 14 avgust tunini ana shunday xotirlaydi. U, shuningdek, o‘g‘lining olimp cho‘qqisiga qadar bosib o‘tgan yo‘li va kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.