Novosibirskda migrantlarga haydovchi, baliqchi va tarjimon bo‘lib ishlash taqiqlandi
Novosibirsk gubernatori iqtisodning bir qator sohasiga xorij fuqarolarini jalb qilishni taqiqlovchi hujjatni imzoladi. Mazkur hujjat ortidan novosibirsklik ish beruvchilarga taqiqlangan sohalarda ishlayotgan mehnat muhojirlarini tez orada bo‘shatish talabi qo‘yildi.