OzodMikrofon: “Bank 30 mln. so‘mimizni qaytarib bermayapti”
Sarlavhaga chiqarilgan shikoyat bilan OzodMikrofonga Sirdaryo viloyat, Sardoba tumani markazida istiqomat qiluvchi 30 yashar Sherzod Takaboev murojaat qildi. Uning aytishicha, joriy yil boshida uning onasi, 75 yashar Mahsatoy Normatova “Asakabank”ka 30 million so‘m qo‘ygan. Sherzodning aytishicha, mablag‘ bankka Damas avtomashinasi sotib olish maqsadida qo‘yilgan edi. Lekin pul bankka qo‘yilganidan buyon o‘tgan yarim yildan ko‘proq vaqt ichida avtomashinani sotib olish uchun “to‘lov ochilmagan” va 30 million hanuz “Asakabank”da turibdi.