ru24.pro
Новости по-русски
Август
2016

"Bochka"dagi kafelar birin-ketin buzilmoqda

0
2 avgustdan boshlab Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori bo‘yida joylashgan mashhur tamaddixonalarni buzish boshlandi. Aholi orasida “Bochka” nomi bilan tanilgan ushbu hududdagi 5 ta kafe bir oy avval noqonuniy qurilganlik vaji bilan yopib qo‘yilgan edi. “Bochka”dagi kafelar O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq o‘rinbosari¸ general Hayot Sharifxo‘jaevga tegishli ekani iddao qilinadi.