ru24.pro
Новости по-русски
Август
2016

Qashqadaryoga Mirziyoevning “desanti” tashlanayapti

0
O‘zbekiston kuch ishlatar tizimlari, soliq, moliya va boshqa vazirliklar xodimlaridan tashkil etilgan 200 kishilik maxsus guruh Qashqadaryo viloyati huquq-tartibot idoralari, xalq xo‘jaligi sohalarini tekshirish uchun erta-indin Qarshi shahriga kelishi kutilmoqda. Viloyat hokimining buyrug‘i bilan Qarshi davlat universitetining ikkita yotoqxonasidagi xonalar guruh a’zolari uchun bo‘shatilib, sochiq, tish cho‘tkayu sovungacha tayyorlab qo‘yildi. Tekshiruvchilar uchun uch mahal issiq ovqat ham tashkil qilinadi.