Mineral o‘g‘it o‘g‘irlaganlikda ayblangan 16 mulozim ustidan hukm o‘qildi
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyati bo‘limining 16 nafar rahbar va xodimlari uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. Ozodlik manbalarining aytishlaricha, sud hukmiga ko‘ra uyushgan jinoiy guruhga birlashgan mansabdorlar katta miqdordagi mineral o‘g‘itlarni talon-taroj qilishda ayblangan.