Bosh vazir topshirig‘i bilan Termizni “obod qilish” boshlandi
O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev topshirig‘i bilan mamlakat bo‘ylab davom etayotgan “obodonlashtirish” jarayonining yangi to‘lqini janubga ko‘chdi. Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahriga butun respublikadan yuborilgan yuzlab ishchi shaharni 16 okrugga bo‘lgan holda¸ buzish ishlarini olib bormoqda. Bu jarayon oqibatida yillar davomida kadastrga kiritilmagan uylarda yashab kelgan odamlar ko‘chada qolmoqda.