ru24.pro
Новости по-русски
Август
2016

Samarqandlik Tergovchi Ayol: Pasportimni bekor qilishganiga 5 yil bo‘ldi!

0
5 yil muqaddam O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qilingan, hatto “fuqaroligi yo‘q shaxs” maqomini ham ololmayotgan oliy ma’lumotli yurist ayol Ozodlikka qilgan shikoyati mamlakat prezidentiga yetishiga umid qilmoqda. Pensiyaga chiqishiga 1 yil qolganida vatandoshlikdan mahrum qilingan Xurshida Jalilovaning aytishicha, mana 5 yildan buyon u na pensiya oladi, na biron joyda ishlay oladi. "O‘g‘illarimni ham pasporti yo‘qligi uchun hech qaerga ishga olishmaydi, ularni hatto uylantira olmayapman", dedi u.