ru24.pro
Новости по-русски
Август
2016

Erdo‘g‘on Rossiya rahbari Putinni "do‘stim" deb atadi

0
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt Peterburg shahrida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida Putin turkiyalik hamkasbining Rossiyaga tashrifini ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotning qayta o‘rnatilayotgani belgisi o‘laroq baholadi. Ayni paytda prezident Erdo‘g‘on Putinni "do‘stim" deb atar ekan Sankt Peterburgdagi muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifa ochishini ta’kidladi.