MXXning Sherobod bo‘limi tadbirkorlarga "qalampir tiqaman", deb tahdid qildi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani milliy xavfsizlik xizmati bo‘limi boshlig‘i tuman tadbirkorlarini yig‘ib, naqd pul topshirishni ko‘paytirishni talab qildi. Ozodlikka shikoyat qilgan tadbirkorlarning iddao qilishicha, MXX bo‘limi boshlig‘i naqd pul topshirish rejasini bajarmagan tadbirkorning ketiga qalampir tiqish va uni yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qilgan.