O‘zbekistondagi paxta tozalash zavodlarida qo‘shib yozishlar fosh qilindi
O‘zbekistondagi paxta tozalash korxonalarida 2015-2016 yillar hosili yuzasidan o‘tkazilgan taftish jarayonida milliardlab so‘m kamomad aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Ozodlikning O‘zbekiston paxta sanoati sohasidagi manbalarining aytishicha¸ yo‘q paxtani qo‘shib ëzish va zavod mablag‘larini maqsadsiz sarflash oqibatida 11 ta paxta zavodida kamomad aniqlangan.