"14 oydan beri menga pasport berishmayotgani uchun farzandimni o‘qishga olishmayapti"
O‘zbekistonlik Natalya Rajimetova Ozodlik bilan suhbatda 14 oydan buyon pasport ololmayotgani, shu sababli farzandini o‘qishga berolmayotgani, o‘zi hech qaerga borolmayotganini aytdi. O‘zbekistonda qonun bo‘yicha fuqaro pasporti to‘qqiz ish kunida berilishi kerak. Toshkentning Yashnobod tumani IIBsi mulozimlari nima uchun Natalya Rajimetovaga pasport berilmayotganini izohlashmadi.