“O‘zbekistonda har narsa bo‘lishi mumkin”
Bir vaqtlar Toshkentga tushlik qilib-qaytish uchun borib yurgan, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng esa, tekshir-tekshirdan zada bo‘lgani uchun so‘nggi 9 yildan beri Toshkentga bormagan chimkentlik jurnalist Abdumalik Sarmonov OzodNazarga birinchi marta taklif qilindi. Sarmonov bilan suhbatimizni Qozog‘istonning janubidan kelayotgan tashvishli xabarlardan boshladik.