ru24.pro
Новости по-русски
Август
2016

Qozog‘istonlik Vohidjon Toshkent aeroportida g‘oyib bo‘ldi

0
Janubiy Qozog‘istonning Sayram shahrida yashaydigan 27 yashar Vohidjon Niyozovning 28 iyul tunda Koreyadan qaytarkan, Toshkent aeroportida g‘oyib bo‘lgani aytilmoqda. Yaqinlarining da’vo qilishicha, Vohidjonni O‘zbekiston maxsus xizmatlari diniy motivlardagi gumon bilan ushlagan va noma’lum manzilda saqlamoqda. Niyozovlar oilasi 5 kundan buyon aniq ma’lumot topolmayotganini aytmoqda.