O‘zbek jangarilari Turkmaniston yaqinidagi tumanga hamla qildi
Afg‘oniston shimolidagi Turkmaniston bilan chegaradosh Jauzjon viloyati rasmiylariga ko‘ra, o‘zbekistonlik jangarilar etakchiligidagi 500ga yaqin toliblar viloyatning Qo‘sh Tepa tumaniga hamla qilganlar. Viloyat hokimi Ozodlik bilan suhbatda hozirda tumanning turli hududlarida jangarilar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida "besh kundan buyon kuchli to‘qnashuvlar" borayotganini aytdi.
