BahsOnline: O‘zbekistonliklar zamonaviy qullarmi?
BahsOnlinening bu galgi eshittirishida Walk Free Foundation xalqaro tashkilotining “Global qullik indeksi” hisobotida zamonaviy qullar reytingi bo‘yicha o‘zbekistonliklar dunyoda ikkinchi o‘ringa qo‘yilgani munozara qilinadi. Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 2 iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayplari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.
