Qirg‘izistonlik o‘zbek faol Azimjon Asqarovga chiqarilgan hukm qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
Qirg‘iziston Oliy sudi huquq faoli Azimjon Asqarovga chiqarilgan hukmni qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Oliy sud raisi Aynash Tokbaeva 25 aprel kungi chiqishida, 2010 yilning dekabrida Asqarovga quyi instansiya sudi tomonida chiqarilgan hukm BMT Insn huquqlar komissiyasining chaqiruviga javob tariqasida qayta ko‘rib chiqilishi kerak, deya bayn qildi.