Karimov qarori bilan bog‘bonni fermerga aylantirish jarayoni boshlandi
Jizzaxning Baxmalida xususiy bog‘lar fermer xo‘jaliklariga aylantirilmoqda. Bu xabarni Baxmal hokimligi vakili biroz “aniqlik kiritgan” holda tasdiqladi. Uning aytishicha, mavjud fermer xo‘jaliklari hududida barpo etilgan bog‘larni alohida fermer xo‘jaligi sifatida rasmiylashtirish boshlangan.